31 Yanvar 2022 yil 412

Andijon viloyati IIB JQB hamda boshqa huquq-tartibot organlarining hamkorligida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

2022-yil 30-yanvar kuni Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi, DXX Andijon viloyati boshqarmasi hamda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor-tadbir o‘tkazildi. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro M.T Andijon shahar Bog‘ishamol dahasida xolis xaridorga 13 million 950 ming so‘m pullar evaziga 40 dona konvalyutada jami 560 dona “Regapen” va 154 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtida ushlandi.

Hozirda, ushbu holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

Text to speech