29 Iyul 2022 yil 389

Andijon viloyati IIB JQB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda yana bir “dorifurush” qo‘lga olindi

Joriy yilning 26 iyul kuni Andijon viloyati IIB JQB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan Oltinko‘l tumani hududidan o‘tuvchi A-373 magistral yo‘lining “Baxt kana”li oldida harakatlanayotgan “Neksiya-3” rusumli avtomashina to‘xtatib ko‘zdan kechirilganida, avtomashina salonida haydovchi Andijon shahrida yashovchi erkak X.Sga tegishli jami 30 dona “Regapen” hamda 9 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech