Andijon viloyati IIB JQB hamda DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida 3562 dona kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari fosh etildi
2022-yil 20-sentyabr kuni Andijon viloyati IIB JQB hamda DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Andijon shahrida yashovchi fuqarolar N.X hamda G‘.A.lar birgalikda Bog‘ishamol dahasi hududida o‘zlarini shubhali tutgani uchun ularning yoni ko‘zdan kechirilganida, N.X.ning qo‘lida bo‘lgan sumkada jami 230 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir etuvchi dori vositasi borligi aniqlandi.
Shuningdek, tadbir davomida Andijon tumanida yashovchi fuqaro Yu.B.ning yashash uyidan jami 3 ming 332 dona “Regapen” kuchli taʼsir etuvchi dori vositasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati