10 Oktyabr 2022 yil 393

Andijon viloyati IIB JQB hamda DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan “Gashish” hamda “Marixuana” giyohvandlik moddalarini noqonuniy saqlayotgan shaxs ushlandi

Andijon viloyati IIB JQB, Marhamat tumani IIB hamda DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Marhamat tumanida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan erkak fuqaro E.Aning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, yashash xonadonidagi molxonada 102 gramm “gashish” va 6 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini noqonuniy saqlayotgani, shuningdek, giyohvandlik vositalarining vaznini o‘lchash uchun ishlatilgan 2 dona tarozi hamda isteʼmol qilishda foydalanilgan yelim idishlar borligi aniqlandi va daliliy ashyo sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech