3 Fevral 2022 yil 492

Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan 3000 AQSH dollari evaziga “gashish” sotayotganlar qo‘lga olindi

2022-yil 2-fevral kuni Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Oltinko‘l tumanida tezkor-tadbir o‘tkazildi. O‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida, Andijon shahrida yashovchi fuqarolar E.X hamda N.A.lar Oltinko‘l tumani, Dalvarzin MFYda xolis xaridorga 3000 AQSH dollari evaziga 7 bo‘lak jami og‘irligi 270,08 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtlarida ushlandi.

Bundan tashqari, E.X.ning yoni ko‘zdan kechirilganida 2 bo‘lak jami og‘irligi 56,69 gramm, N.A.dan esa 1 bo‘lak og‘irligi 0,47 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech