19 Yanvar 2023 yil 386

Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan 7200 dona “Fatzorb” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini sotayotganlar aniqlandi

Joriy yilning 16-yanvar kuni Andijon viloyati IIB JQB hamda Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, fuqarolar I.Sh, Q.M hamda T.O.lar birgalikda xolis xaridorga 200 ta qutida bo‘lgan jami 7200 dona “Fatzorb” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini 18.000.000 so‘mga sotayotganida ushlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxslar ko‘rsatmasiga asosan dori vositalarini ularga sotgan shaxs “Andijon-Mehrigiyo” tabobat dorixonasi rahbari Yu.N ekanligi aniqlanib, undan jami 663 dona “Fatzorb” kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech