Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan billiardxona ichidagi qimorxona fosh etildi
Andijon viloyati IIB JQB hamda Buloqboshi tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 4 fevral kuni soat 21:00 larda olib borilgan tezkor tadbir natijasida, Buloqboshi tumani, Neftchi MFYda joylashgan fuqaro U.B.ga tegishli bo‘lgan billiardxonada fuqaro T.A “Lotto” nomli noqonuniy qimor o‘yinini tashkil qilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida T.A 18 nafar fuqarodan 2000 so‘mdan pul tikish yo‘li bilan tavakkalchilikka asosolangan qimor o‘yinini tashkil etganligi maʼlum bo‘ldi.
Voqea joyidan 23 dona o‘yin doskalari, 91 dona yog‘ochdan yasalgan toshlar hamda jami 115.000 so‘m pullar daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida bayonnoma orqali rasmiylashtirilib olindi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati