27 Yanvar 2022 yil 595

Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan “gashish” sotayotganlar qo‘lga olindi

2022 yil 24 yanvar kuni Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Andijon shahrida yashovchi  I.N, M.R hamda S.M.lar jinoiy til biriktirgan xolda xolis xaridorga 400.000 so‘m pul evaziga 2,3 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini sot ayotgan vaqtida ushlandilar.   

Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech