15 Dekabr 2021 yil 470

Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari va “GASHISH” giyohvandlik moddasi aniqlandi

2021-yilning 13-dekabr kuni Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi hamda Andijon shahar bo‘yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan “Sog‘lom hayot” maxsus tezkor-profilaktik tadbiri doirasida o‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida o‘zini shubhali tutgan Andijon shahrida yashovchi X.O.ning yoni ko‘zdan kechirilganida, 6 dona “Regapen” va 2 dona “Tropikamid” nomli bo‘sh flakonda kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi aniqlandi.   

Shuningdek, hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor-tadbir davomida Andijon shahrida yashovchi K.Sh.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, tomorqa devorida 4 bo‘lak  qora sellofan parchalariga o‘ralgan og‘irligi 22.17 gramm “GASHISH” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hozirda kuchli taʼsir etuvchi psixotrop va giyohvandlik moddalarining isteʼmoli hamda savdosiga barham berishga qaratilgan tezkor-tadbirlar davom etmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech