28 Yanvar 2022 yil
439
Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida navbatdagi og‘ufurush ushlandi
2022 yil 26 yanvar kuni Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida, Andijon shahrida yashovchi fuqaro A.X xolis xaridorga 400.000 so‘m pul evaziga 4 bo‘lak jami og‘irligi 2,13 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlandi.
Bundan tashqari, A.X.ning yoni ko‘zdan kechirilganida 4 bo‘lak jami og‘irligi 1,86 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati