Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan “Gashish” giyohvandlik vositasini sotayotgan og‘ufurush qo‘lga olindi
2022 yilning 3 yanvar kuni Andijon viloyati IIB JQB hamda Andijon shahar IIOFMB JQB tezkor xodimlarining hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida fuqaro T.U. Andijon shahar Yangi hayot MFY o‘ramida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari bozorida xolis xaridorga sof og‘irligi 2.54 gr bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik vositasini 500.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtda, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Olib borilgan tezkor tadbir davomida T.U.,ning yonlari ko‘zdan kechirilganida, uning egnida bo‘lgan qora rangli kurtkasining o‘ng cho‘ntagidan bir bo‘lak, sof og‘irligi 0,28 gr bo‘lgan, tezkor tadbirga xaridor sifatida jalb qilingan shaxsga sotilgan, sof og‘irligi 2.54 gr. bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik vositasidan ortib qolgan “Gashish” giyohvandlik vositasini boshqa shaxslarga sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan T.U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qisimi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Fuqaro T.U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi hamda 25, 273-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati