Andijon viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari tomonidan dehqon bozorlarida profilaktik ishlar olib borilmoqda
Andijon viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Andijon shahri va Buloqboshi tumani dehqon bozorlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida go‘sht va sut mahsulotlari bilan savdo qiluvchi fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, aholiga sifatli va toza mahsulotlar yetkazilishi bo‘yicha ogohlikka chaqirildilar.
Shuningdek, uy sharoitida tayyorlangan turli xil tuzlama va go‘sht mahsulotlar bilan savdo qilayotgan tadbirkorlar bilan ham profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, aholiga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini tegishli tartibda belgilangan joylarda sotishlari haqida ogohlantirish ishlari olib borildi.
Tadbirlar davomida sifatsiz go‘sht mahsulotlari ham aniqlanib, tegishli tartibda yo‘q qilish choralari ko‘rildi.
Hozirda bu kabi o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati