Andijon viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari tomonidan Izboskan va Paxtaobod tumanlarining dehqon bozorlarida nazorat-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
Joriy yilning 17-mart kuni Andijon viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari, viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Izboskan va Paxtaobod tumanlarining dehqon bozorlarida isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlarni muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida isteʼmolchilar va tadbirkorlar o‘rtasida nazorat profilaktik tadbirlari o‘tkazildi.
Xususan, Izboskan tumani dehqon bozorida fuqaro K.X isteʼmolga yaroqsiz 10 kilogramm parranda go‘shti va ichki aʼzolarini sotayotganligi uchun ushbu go‘sht mahsulotlari savdodan chetlashtirilib, tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib yo‘q qilindi. Fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK tegishli moddasi tartibida jarima tayinlandi.
Shuningdek, fuqaro Q.M 13 litr sut mahsulotlarini sanitariya talablariga amal qilmagan holatda sotayotganligi uchun bozor hududida joylashgan laboratoriya bo‘limiga isteʼmolga yaroqliligini aniqlash uchun topshirildi. Bunday holatlarga qayta yo‘l qo‘ymasligi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Paxtaobod tumani dehqon bozorida fuqaro A.A.ning sotayotgan tuxumlari tekshirilganda 40 dona tuxum isteʼmolga yaroqsiz ekanligi aniqlanib tegishli tartibda savdodan chetlashtirildi. Tuzlama mahsulotlari bilan savdo qiluvchi fuqaro J.D uy sharoitida tayyorlangan 10 kilogramm tuzlama mahsulotlarini sanitariya talablariga amal qilmagan holatda sotayotganligi uchun laboratoriya bo‘limiga isteʼmolga yaroqliligini aniqlash uchun topshirildi. Ushbu fuqaro ham bunday holatlar qayta takrorlanmasligi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Hozirgi kunda mutasaddi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati