29 Noyabr 2022 yil 222

Andijon viloyati IIB JXX Kinologiya bo‘limi xodimlari tomonidan o‘quvchilar uchun ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi

Joriy yilning 28 noyabr kuni Andijon viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari tomonidan 2022 yil 28 noyabr kuni Andijon shahar XTBga qarashli 6 va 42-umumtaʼlim maktabida xizmat itlari bilan 118 nafar o‘quvchilar va 24 nafar o‘qituvchilar ishtirokida xizmat itlari bilan umumiy va maxsus kurs yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar qilindi.

Ushbu chiqishlar jarayonida o‘quvchi yoshlarga xizmat itlarining buyruqlarga bo‘ycinishi, ularni qo‘lga o‘rgatish haqida amaliy tarzda tushunchalar berildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan kerakli javoblarni oldilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech