Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan joylardagi probatsiya bo‘linmalari xodimlari orasida korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazildi
Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tomonidan nazorat ostidagi shaxslar hamda probatsiya bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida, kelgusida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha barcha shahar-tumanlarda profilaktik uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, joriy yilning 15-aprel kuni Andijon, Paxtaobod, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq tumanlari hamda Xonobod shahar IIB probatsiya nazoratida bo‘lgan barcha nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning har biriga viloyat IIB rahbariyatining tashrif qog‘ozlari tarqatildi.
Uchrashuv davomida jazo o‘tash tartib qoidalari, ularning huquqlari va erkinliklari tushuntirildi. Shundan so‘ng ochiq muloqot tashkil etilib, har bir nazorat ostidagi shasxlarning muammolari tinglanib, huquqiy tushunchalar va amaliy yordamlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati