16 Avgust 2023 yil 382

Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan nazorat ostidagi shaxslarni qiynab kelayotgan muammolarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi

Joriy yilning 15-avgust kuni Andijon iqtisodiyoti va qurilish institutida hamkor tashkilotlar ishtirokida probatsiya nazorati ostidagi shaxslar bilan ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida viloyat IIB JXX Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i J.Xudoyberdiyev tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan sayyor qabulda 200 ga yaqin nazorat ostidagi shaxslar ishtirok etdilar. Ularga jazoni o‘tash davrida yuzaga keladigan har qanday muammo bo‘yicha murojaat qilishlari mumkinligi tushuntirilib, tashrif qog‘ozlari tarqatildi.

Tadbir davomida viloyat miqiyosidagi tashkilotlar tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, 11 nafar ishsiz, nazoratdagi shaxslarning bandligi taʼminlandi. Shuningdek, 14 nafariga o‘zlari qiziqqan soha bo‘yicha ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

O‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad probatsiya hisobida turgan shaxslarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari va turmush tarzi og‘ir bo‘lganlarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda ular tomonidan takroriy jinoyat sodir etilishini oldini olishdir.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech