16 Iyun 2022 yil 318

Andijon viloyati IIB JXX probatsiya boshqarmasi “Hamkor” profilaktik tadbiri davomida Xo‘jaobod tumanida probatsiya hisobidagi shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazdi

Joriy yilning 15 iyun kuni Xo‘jaobod tumanida mazkur profilaktik tadbir tashkil etilib, tadbir davomida 50 nafardan ortiq probatsiya hisobida turgan, muqaddam og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyat sodir etgan shaxslar bilan uchrashib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot hamda tarbiyaviy profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, har bir suhbatlashilgan mahkumlardan kelgusida tayinlangan jazolarni belgilangan tartibda o‘tashlari, jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etmasliklari, agarda jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan taqdirda jazolari og‘irroq turdagi jazolarga almashtirilishi haqida rasman ogohlantirish xatlari olindi.

Hozirda, bu boradagi tarbiyaviy profilaktik tadbirlar viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech