Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi hisobida turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularni qayta kasbga o‘qitish bo‘yicha “Ishga marhamat Monomarkaz” binosida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevral kungi “Ichki ishlar organlari probatsiya faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, joriy yiling 10-may kuni andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tashabbusi bilan probatsiya hisobida turib, jazo muddatini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarga ijtimoiy ko‘maklashish, ular orasida muayyan kasbga ega bo‘lmaganlarini qayta kasbga o‘qitish orqali bandligini taʼminlash bo‘yicha, Andijon shahrida joylashgan "Ishga marhamat Monomarkaz" binosida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Mazkur tadbirga nazorat ostida turgan, kasb egallash uchun o‘qish istagini bildirgan 82 nafar nazoratdagi shaxslar jalb qilindi. Tadbir davomida, taklif etilgan 28 ta yo‘nalish bo‘yicha nazorat ostidagi shaxslarning barchasi qo‘shimcha kasb-hunarga o‘qish istagini bildirganligi uchun o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha "Ishga marhamat Monomarkaz" tomonidan ro‘yxatga olindi.
Mazkur tadbirning o‘tkazilishidan asosiy ko‘zlangan maqsad probatsiya bo‘linmalari hisobida turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish va ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olishdir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati