21 Avgust 2023 yil 523

Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi hisobida turgan yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda  

Marhamat IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan nazorat ostidagi yoshlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida turli sport musobaqali va turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Sportning yengil atletika, kurash, yugurish, voleybol va futbol turlari bo‘yicha o‘tkazilgan  bellashuvlarda yoshlar o‘z mahoratlarini namoyish etib, tashkilotchilarning eʼtirofiga sazovor bo‘lmoqdalar.

Bu kabi sport musobaqalarining o‘tkazilishi Probatsiya hisobidagi yoshlarni tushkunlikdan chiqarish, hayotga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish barobarida sodir etilishi mumkin bo‘lgan takroriy jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmat

Text to speech