Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tashabbusi bilan joylardagi Probatsiya bo‘linmalari nazorati ostidagi shaxslarni bandligini taʼminlashga qaratilgan mehnat yarmarkalari tashkil etilmoqda
Joriy yilning 18-aprel kuni Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tomonidan Andijon shahar, Marhamat, Xo‘jaobod, Buloqboshi va Bo‘ston tumanlari Probatsiya bo‘linmalari hisobida jazo o‘tayotgan nazoratdagi shaxslar bilan uchrashuv va “Ishga marhamat” yarmarkalari o‘tkazildi.
Tadbir davomida, jazo muddatini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarni muayyan kasbga ega bo‘lmaganlarni qayta kasbga o‘qitish va bandligini taʼminlash bo‘yicha, “Ishga marhamat” yarmarkasi tashkil etilib, mazkur tadbirda nazoratda turgan jami 60 nafardan ortiq shaxslarga ishga yo‘llanmalar berilib, 30 nafardan ortiq nazorat ostidagi shaxslarning bandligi taʼminlandi.
Shuningdek, o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida nazorat ostidagi shaxslar bilan huquqbuzarlik va ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish, o‘zlariga tayinlangan jazodan to‘g‘ri xulosa chiqargan xolda mehnatga halol munosabatda bo‘lib, belgilangan tartibda tayinlangan jazolarni o‘tashlik bo‘yicha keng qamrovli profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ushbu mavzuga doir videorolik namoyish etildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati