Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tashabbusi bilan Marhamat tumanida probatsiya hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar o‘rtasida tarbiyaviy profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 13 oktyabr kuni Marhamat tumanida mazkur profilaktik tadbir tashkil etilib, tadbirga andijon shahar ishga marhamat “Monoarkaz” xodimlari, Marhamat tumani hamkor tashkilot rahbarlari taklif etildilar. Tadbir davomida 110 nafardan ortiq probatsiya hisobida turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo, ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot hamda tarbiyaviy profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida Marhamat tumani IIB JXX probatsiya guruhi xizmat faoliyati ham o‘rganilib, ularga amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Shuningdek, xodimlarning yashash xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoitlari yaqindan o‘rganildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati