14 Oktyabr 2022 yil 353

Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tashabbusi bilan Oltinko‘l tumanida probatsiya hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar o‘rtasida tarbiyaviy profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 14 oktyabr kuni Oltinko‘l tumanida mazkur profilaktik tadbir tashkil etilib, tadbirga andijon shahar ishga marhamat “Monoarkaz” xodimlari, Oltinko‘l tumani hamkor tashkilot rahbarlari taklif etildilar. Tadbir davomida 100 nafardan ortiq probatsiya hisobida turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo, ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot hamda tarbiyaviy profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida Oltinko‘l tumani IIB JXX probatsiya guruhi xizmat faoliyati ham o‘rganilib, ularga amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Shuningdek, xodimlarning yashash xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoitlari yaqindan o‘rganildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech