9 Iyun 2022 yil 399

Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tashabbusi bilan Paxtaobod va Izboskan tumanlarida profilaktik tadbirlar boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 8-iyun kuni Paxtaobod va Izboskan tumanlarida mazkur profilaktik tadbir tashkil etilib, tadbir davomida 125 nafardan ortiq Probatsiya hisobida turgan, muqaddam ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyat sodir etgan shaxslar bilan uchrashib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish boʻyicha ochiq muloqot hamda tarbiyaviy profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.

Shuningdek, har bir suhbatlashilgan mahkumlardan kelgusida tayinlangan jazolarni belgilangan tartibda oʻtashlari, jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etmasliklari, agarda jazo oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan taqdirda jazolari ogʻirroq turdagi jazolarga almashtirilishi haqida rasman ogohlantirildi.

Uchrashuvlar davomida, Paxtaobod tumani IIB Probatsiya guruhi nazoratida turib, tuzalish yoʻliga oʻtgan, qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va mehnatga halol munosabatda boʻlib, tayinlangan jazodan oʻziga toʻgʻri xulosa chiqarib olgan 10 nafardan ortiq shaxslarga insonparvarlik dalolatnomalari tatbiq etilib, oʻtkazilgan “Sayyor sud” jarayonida jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Shu bilan birga jazodan oʻziga tegishli xulosa chiqarmasdan, jazo oʻtashdan qasddan boʻyin tovlab kelayotgan 2 nafar nazoratdagi shaxslarning jazolari ogʻirroq turdagi, yaʼni ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

“Ishga marhamat” tadbiri tashkil etilib, 7 nafar shaxslar doimiy ish bilan taʼminlandi va 11 nafariga yoʻllanmalar berildi.

Hozirda, bu boradagi tarbiyaviy profilaktik tadbirlar viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech