20 Oktyabr 2022 yil 372

Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tomonidan jazo o‘tayotgan nazoratdagi yoshlar orasidan muayyan kasbga ega bo‘lmaganlarini qayta kasbga o‘qitish va bandligini taʼminlash bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi

Andijon shahar IIOFMB probatsiya bo‘limida jazo muddatini o‘tayotgan nazorat ostidagi yoshlarga ijtimoiy ko‘maklashish, ular orasida muayyan kasbga ega bo‘lmaganlarni qayta kasbga o‘qitish va bandligini taʼminlash bo‘yicha, Andijon shahrida joylashgan ishga marhamat "Monomarkazi”da profilaktik tadbir tashkil etilib, mazkur tadbirga nazoratda turgan, o‘qish istagini bildirgan va mehnat bilan band bo‘lmagan 92 nafardan ortiq yoshlar jalb qilindi.

Tadbir davomida nazoratdagi yoshlar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazilib, qisqa metrajli videorolik taqdim etildi. Shuningdek tadbir davomida, markazda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha "Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, 5 nafar ishsiz nazoratdagi yoshlarni bandligi taʼminlandi. Bundan tashqari 15 nafar nazoratdagi yoshlar qo‘shimcha kasb-hunarga o‘qish istagini bildirganligi uchun o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha kasb-hunar markazi tomonidan ro‘yxatga olindi.

Shuningdek, o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida shahar hududidagi maktablarda nazoratdagi yoshlar bilan huquqbuzarlik va ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish, har-xil inson ongiga salbiy taʼsir qiluvchi giyohvand va psixotrop moddalarni isteʼmol qilmaslik, olib yurmaslik hamda ularni oldi-sotdisi bilin shug‘ullanmaslik, o‘zlariga tayinlangan jazodan to‘g‘ri xulosa chiqargan xolda mehnatga halol munosabatda bo‘lib, belgilangan tartibda tayinlangan jazolarni o‘tashi bo‘yicha keng qamrovli profilaktik suhbat o‘tkazilib, ushbu mavzuga doir videorolik namoyish etildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot ximati

Text to speech