30 May 2022 yil 392

Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tomonidan nazorat ostidagi shaxslar bilan tarbiyaviy profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda

Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tashabbussi bilan viloyat miqyosida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan keng qamrovli tarbiyaviy profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, joriy yilning 28-may kuni Shahrixon tumanida 85 nafardan ortiq probatsiya hisobida turuvchi shaxslar ishtirokida  ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo, takroriy jinoyatlar sodir etishlarini barvaqt oldini olishga qaratilgan ochiq muloqot tashkil qilindi.  

Ochiq muloqot davomida har bir suhbatlashilgan mahkumdan kelgusida tayinlangan jazolarni belgilangan tartibda o‘tashlari, jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etmasliklari, agarda jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan taqdirda jazolari og‘irroq turdagi jazolarga almashtirilishi haqida rasman ogohlantirish xatlari olindi.

Hozirda, bu boradagi tarbiyaviy profilaktik tadbirlar viloyat  bo‘ylab davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB  Axborot xizmati

Text to speech