29 Dekabr 2022 yil 295

Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi va uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan probatsiya hisobidagi shaxslar bilan profilaktik tadbirlar jadallik bilan o‘tkazilmoqda

Jumladan, joriy yilning 28-dekabr kuni Bo‘ston hamda Oltinko‘l tumanlarida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar bilan hamkorlikda sayyor sudlar o‘tkazildi. Ushbu tumanlar IIB Probatsiya guruhlari nazoratida turib, tuzalish yo‘liga o‘tgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va mehnatga halol munosabatda bo‘lib, tayinlangan jazodan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarib olgan 12 nafar shaxsga insonparvarlik dalolatnomalari tatbiq etilib, jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Shuningdek, jazodan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan 2 nafar nazoratdagi shaxsning jazolari og‘irroq turdagi, yaʼni ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Bundan tashqari, Buloqboshi va Shahrixon tumanlarida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarka”lari tashkil etilib, 6 nafar nazorat ostidagi shaxs ishga joylashtirilgan bo‘lsa, yana 4 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

Hozirda, bu boradagi profilaktik tadbirlar viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech