20 Iyul 2023 yil
414
Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasining shahar-tuman bo‘linmalari tomonidan afv etilganlarning muammolari bartaraf etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 20-apreldagi “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Andijon viloyatidan 46 nafar shaxs afv etilgan.
Ularning 13 nafari Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasining shahar-tuman bo‘linmalari hisobiga olingan.
Joylarda shahar-tuman IIB boshliqlari tomonidan afv etilgan fuqarolarni muammolarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Masʼul tashkilotlar hamkorligida o‘tkizilayotgan muloqotlar davomida afv etilganlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati