2 May 2023 yil 239

Andijon viloyati IIB JXX Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida “OIV infeksiyasi va uning profilaktikasi” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi

Joriy yilning 1 may kuni Andijon viloyati OITSga qarshi kurash markazi xodimlari Andijon viloyati IIB JXX Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga taklif kilinib, bu joyda tarbiyalanayotganlar uchun “OIV infeksiyasi va uning profilaktikasi” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Shuningdek, mavzuga oid eslatma va bukletlar tarqatilib, voyaga yetmaganlarning sohaga oid bilimlari oshirildi.

Tadbir davomida mavzu yuzasidan berilgan savollarga mutahasislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech