28 Sentyabr 2022 yil
426
Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimi tomonidan shubhali avtomobil to‘xtatilganda, unda kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi aniqlandi
Joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 20:00larda Andijon shahar Dukchi Eshon ko‘chasida xizmat olib borayotgan Andijon viloyati IIB JXX YHXB YPXB 1-safarbar guruhi katta inspektori serjant O.Mo‘ydinov tomonidan shubhali tuyulgan Matiz rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganida avtomashina salonida 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro K.Q.ga tegishli bo‘lgan qora rangli poliyetilen selofanga o‘ralgan 40 dona “Tropikamid”, 8 dona konvalyutada jami 112 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda Andijon shahar IIOFMB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati