7 May 2022 yil 365

Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan joylarda firibgarlikni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan joylarda haydovchilar bilan firibgarlik jinoyati va uning qurboniga aylanib qolmaslik borasida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Viloyatimiz bo‘ylab ushbu mavzuda haydovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad fuqarolarni firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmasligi haqida ogohlantirishdan iborat. Ushbu ishlar jamoat transportida targ‘ib qilinayotganining sababi mazkur transport vositalari aholiga kundalik xizmat olib boradi hamda tarqatilgan materiallarning ko‘proq aholi ko‘rishiga va ogohlikga chaqirishga xizmat qiladi.

Uchrashuvlar davomida firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmaslik, uning oqibatlari va Andijon viloyati IIB “102” tezkor qisqa raqamlari tushirilgan eʼlon va ogohlantirish targ‘ibot materiallari haydovchilarga tarqatildi. Aholini bunday illatlardan ogoh etish maqsadida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi avtotransport vositalariga ushbu tarqatma materiallar yopishtirib chiqilmoqda.

Bu kabi profilaktik ogohlantiruv tadbirlari viloyatimiz bo‘ylab davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech