2 Dekabr 2022 yil 403

Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan narxi 25 million so‘mdan ortiq bo‘lgan pirotexnika vositalarini olib ketayotgan haydovchi aniqlandi

Joriy yilning 1 dekabr kuni Andijon viloyati, Shahrixon tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 395-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlari natijasida “Cobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda avtomashina saloni va yukxonasida umumiy narxi 25 million 900 ming so‘mlik jami 237 ming 600 dona "Titanik" nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi

Holat belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, hozirda Shahrixon tumani IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech