Andijon viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash borasidagi tadbirlar taʼsirchanligini oshirish yuzasidan xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi
Joriy yilning 9-fevral kuni Andijon viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida ertalabki xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi. Yo‘riqnomada viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik I.B.Ismanov qatnashib, "Yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash borasidagi tadbirlar taʼsirchanligini oshirish yuzasidan yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarini hududlarga biriktirish to‘g‘risida"gi Andijon viloyati IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan tanishtirildi.
Shuningdek, yo‘llarda sodir bo‘layotgan har bir ko‘ngilsiz hodisa zamirida, eng avvalo, inson taqdiri, uning hayoti va sog‘ligi turganligi, shu bois, yo‘l harakati ishtirokchilarining masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish zarurligi alohida taʼkidlanib, yo‘l-transport hodisalarini keskin kamaytirish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilab berildi.
Bundan tashqari, yo‘llarda harakatlanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan kompleks profilaktik choralarni kuchaytirish borasida takliflar bildirildi.
Andijon viloyati IIB axborot xizmati