Andijon viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan Xo‘jaobod tumanidagi 74-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida "Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi" shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Payshanba "Profilaktika kuni" munosabati bilan Andijon viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan bolalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari oldini olish va ular orasida yo‘l harakati qoidalarini keng targ‘ib etish maqsadida Xo‘jaobod tumani xalq taʼlimi bo‘limiga qarashli 74-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari uchun "Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi" shiori ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Targ‘ibot tadbiri davomida bolalar ongiga bolaligidanoq yo‘l harakati intizomini singdirish, avtomobil yo‘llarida, chorrahalarda va piyodalar o‘tish joylarida harakatlanish qoidalari yuzasidan tushunchalar berildi.
Hozirda Andijon viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan bu kabi targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati