24 Noyabr 2022 yil 504

Andijon viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Jalaquduq tumanidagi umumtaʼlim maktablarida "Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish" mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi  

Joriy yil 17-noyabr kuni Andijon viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan fuqarolar o‘rtasida "Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish" mavzusida Jalaquduq tumani XTBga qarashli 1, 4 va 14-maktab o‘qituvchilari bilan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida, internet orqali sodir etilayotgan jinoyatlar, sodir etilish usullari hamda himoyalanish choralari bo‘yicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan ishlab chiqilgan yangi loyiha, fuqarolar bilan "onlayn muloqot" o‘tkazishning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Bu kabi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech