6 Oktyabr 2021 yil 480

Andijon viloyati IIB kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi xizmat itlari yordamida 100 dan ortiq jinoyatlarning ochilishiga erishildi

It-vafodor do‘st va yordamchi bo‘lib, inson yonida minglab yillarlardan buyon yashab kelmoqda. U ov qilishda, qo‘y podalarni boqishda, ombor xonalarni qo‘riqlashda, bugungi kunda esa jinoyatchilarni va giyohvandlarni topishda hamda boshqa muhim ishlarda  ham katta yordam berib kelmoqda.

2020 yilning o‘tgan 9 oyi davomida Andijon viloyati IIB Kinologiya xizmati xodimlarining 400 ga yaqin profilaktik tadbirlarga hamda 300 dan ortiq jinoyat qidiruv yo‘nalishda sodir bo‘lgan voqea joylariga tezkor-tergov guruhi tarkibida o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan chiqishlari taʼminlangan. Buning natijasida 100 dan ortiq jinoyatlarning ochilishiga erishilgan. Xizmat itlari yordamida “Qoradori-2021” profilaktik tadbirlari davomida 30 dan ortiq giyohvand moddalarini saqlash holatlari aniqlangan.

Hozirda Andijon viloyati IIB kinologiya xizmatlarida nemis, Belgiya, sharqiy yevropa ovcharkalari, labrador hamda spaniyel zotli itlar xizmatidan foydalanib kelinmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech