Аndijon viloyati IIB masʼullari tomonidan tuman-shaharlarda xayrli tadbirlar davom ettirilmoqda
Xalqimizda mehr-muruvvat, saxovat insoniylikning bosh meʼzoni hisoblanadi. Аtrofimizdagi yordamga muhtojlarga imkonimiz boʼlsa moddiy, sharoitimiz boʼlmasa maʼnaviy jihatdan koʼmak berishning oʼzi eng katta olijanoblikdir. Аndijon viloyati IIB boshligʼining tashabbusi bilan viloyatning 3-sektor hududlarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy koʼmakka muhtoj, nogironligi boʼlgan ehtiyojmand oilalar hamda boquvchisini yoʼqotgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Hususan, Аndijon viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi boshligʼi polkovnik А.Imyaminov tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Аndijon shahri Guliston mahalasida yashovchi kam taʼminlangan oilalar, boquvchini yoʼqotgan shaxslarning yashash xonadonlariga borilib, ularga moddiy yordam koʼrsatildi.
Shuningdek, Аndijon viloyati IIB boshligʼining maslahatchisi O.Yoʼldashev boshchiligidagi ishchi guruh Аndijon va Oltinkoʼl tumanlarining 3-sektor xududida joylashgan mahallalardagi kam taʼminlangan, oilasida nogironligi bor, yakka-yolgʼiz qariyalar va ehtiyojmand oilalar xonadonida boʼlib, ular holidan xabar oldilar. Ushbu fuqarolar oziq-ovqat, qishloq xoʼjaligi mahsulotlari va shaxsiy gigiena hamda tibbiy himoya niqoblari bilan taʼminlandi. Hozirda viloyatning barcha tuman-shaharlarida masʼullar tomonidan bu kabi xayrli tadbirlar davom ettirilmoqda.
Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati