Andijon viloyati IIB odam savdosiga qarshi kurashish bo‘linmasi xodimlari va hududiy komissiya aʼzolari hamkorligida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyasi hamda Respublika “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy –axborot markazi Andijon viloyati bo‘limi hamkorligida “30 iyul - Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “30 kun – hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashish oyligi” doirasida keng qamrovdagi targ‘ibot – tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Xususan viloyat IIB odam savdosiga qarshi kurashish bo‘linmasi xodimlari tomonidan savdo komplekslari, avtoshohbekat, chegara-o‘tkazish punktlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda aholi gavjum joylarda “Odam savdosini to‘xtatamiz”, “30 kun hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashamiz”, “Odam savdosidan ogoh bo‘ling” shiorlari ostida turli tadbirlar tashkil etilib, fuqarolar ogohlikka chaqirilmoqda.
Shuningdek, aholi o‘rtasida odam savdosi, uning qurboniga aylangan insonlarning ayanchli qismati va bu kabi qilmishlarni oqibatlari xususida tushunchalar berilib, ogohlikka oid buklet, tavsiyanoma, broshyura, plakat va boshqa materiallar tarqatilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati