7 Avgust 2021 yil 583

Andijon viloyati IIB, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi hamda “Vatanparvar” tashkilotining Andijon viloyati kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

2021 yilning 7 avgust kuni Andijon viloyati IIB apparati xodimlari uchun o‘tkazilgan navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” o‘quv mashg‘ulotlari Andijon shahrining Alisher Navoiy bog‘ida karantin qoidalariga amal qilingan holda ochiq osmon ostida tashkil etildi. Tadbirga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbari MG‘ofurov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari S.Qosimov, O‘zbekiston Mudofasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Andijon viloyati kengashi raisining birinchi o‘rinbosari B.Isaboyev, O‘zbekiston Filarmoniyasi Farg‘ona bo‘limi xodimi, taniqli qiziqchi A.Siddiqov hamda boshqa ko‘zga ko‘ringan shoir va shoiralar taklif etildi.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 20221 yil 30 iyun kungi “Ichki ishlar organlarida “Maʼnaviyat va maʼrifat darslari”ni tashkil etish to‘g‘risidagi tegishli buyrug‘i talablari asosida Andijon Davlat Universiteti Pedagogika instituti direktori, tarix fanlari doktori B.Rasulov tomonidan “Prezident saylovi – demokratik yangilanish va islohotlar ko‘zgusi” mavzusi keng yoritib berildi.

Shundan so‘ng, Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.Imyaminov so‘zga chiqib, unda ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tubdan takomillashtirish, xodimlarni maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini yuksaltirish borasida tomonlarning o‘zaro hamkorligini taʼminlash maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Andijon viloyati bo‘limi bilan hamkorlik memorandumi imzolanganligi, Ushbu memorandum asosida maʼnaviyat va maʼrifat markazi va uning tumanlardagi  bo‘linmalari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganligi eʼtirof etildi. Shuningdek, so‘zga chiqqan mehmonlarning ichki ishlar tizimi faoliyatiga oid fikrlari, o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalari tinglandi. Mazkur memorandum esa olib borilayotgan ishlarning yana-da jadal surʼatlarda davom etishi uchun xizmat qilishiga umid bildirildi.

Tadbirning asosiy qismida Andijon viloyati IIB, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi hamda O‘zbekiston Mudofasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Andijon viloyati kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbir yakunida taklif etilgan mehmonlarga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Mehmonlar ham ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishib, esdalik sovg‘alarini taqdim etdilar. Bundan tashqari xizmat faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishib,hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir qator ichki ishlar xodimlari pul mukofoti bilan taqdirlandilar.  Xalqimiz ardog‘idagi qiziqchi A.Siddiqov tomonidan aytilgan latifalar, taniqli xonandalar tomonidan  ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech