Andijon viloyati IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari olib borilmoqda
Andijon viloyati IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatning shahar-tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan oziq-ovqat bozorlari va ularning shoxobchalarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi hamda veterinariya-sanitariya qoidalari normalariga amal qilinishini taʼminlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 17 avgust kuni Andijon shahar eski shahar dehqon bozorida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida tadbirkorlar tomonidan fuqarolarga sifatsiz va isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlarni sotmaslik, karantin qoidalariga amal qilgan holda fuqarolarimizga sifatli xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Shuningdek, sotuvchilar tomonidan muddati o‘tgan sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari aniqlanib, ularga belgilangan tartibda qonuniy choralar ko‘rildi.
Andijon viloyatining barcha shahar-tumanlarida joylashgan bozorlarda sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini fuqarolarga sotilishini oldi olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati