Andijon viloyati IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari tomonidan bozorlarda profilaktik ishlar olib borilmoqda
Andijon viloyati IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatning shahar-tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan oziq-ovqat bozorlari va ularning shoxobchalarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi hamda veterinariya-sanitariya qoidalari normalariga amal qilinishini taʼminlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Oltinko‘l tumanining Qo‘shtepa bozorida o‘rganish ishlari olib borildi. Tekshiruv ishlari natijasida Baliqchi tumanida yashovchi J.A.ga tegishli bo‘lgan 44 kilogramm tovuq go‘shti mahsulotlari shubha tugdirganligi uchun savdodan chetlatilib, veterinariya laboratoriyasiga topshirildi.
Hozirda Andijon viloyatining barcha shahar-tumanlarida joylashgan bozorlarda sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini fuqarolarga sotilishini oldi olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati