Andijon viloyati IIB PPX va JTSB xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida faol ishtirok etmoqdalar
Joriy yilning 2-noyabr kuni Davlatimiz rahbari yurtimizning shahar va tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida 10-dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilinishini maʼlum qilgan edi.
Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Andijon viloyati IIB PPX va JTSB xodimlar tomonidan aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan xizmat binolari va ularning atrof hududlariga, yashash xonadonlariga hamda boshqa joylarga hozirga qadar 4000 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Bu kabi xayrli ishlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati