15 Aprel 2020 yil 860

Аndijon viloyati IIB Probatsiya boʼlimi hisobida turuvchi shaxslarga ijtimoiy yordam koʼrsatilmoqda

Аndijon viloyati IIB Probatsiya boʼlimi nazoratidagi shaxslarni karantin qoidalariga amal qilishlari, qayta jinoyat sodir etish holatlariga yoʼl qoʼymasliklari yuzasidan hududiy probatsiya va profilaktika inspektorlari tomonidan birma-bir tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, karantin davrida  ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida probatsiya hisobida turuvchi 160 nafardan ziyod oilaviy sharoiti ogʼir boʼlgan fuqarolarning roʼyxatlari tuman-shaharlar kesimida ajratib olinib, ichki ishlar organlari va mahalliy hokimiyat vakillari bilan hamkorlikda ularning holidan xabar olinyapti. Fuqarolarga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishi taʼminlanmoqda.

 

Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech