Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi tashabbusi bilan shahar-tumanlardagi nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi tashabbusi bilan joylardagi Probatsiya bo‘linmalari hisobida turgan nazoratdagi shaxslar “Tuzalish yo‘liga o‘tgan”, “Jinoyat sodir etishga moyil” va “Jinoyat sodir etish xavfi yuqori” bo‘lganlarga ajratilib, ular bilan kunlik yakka tartibdagi profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 8 fevral kuni Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB Probatsiya bo‘limi nazoratida turib, tuzalish yo‘liga o‘tgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va mehnatga halol munosabatda bo‘lib, tayinlangan jazodan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan 20 nafar shaxsga insonparvarlik dalolatnomalari tatbiq etilib, jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindilar.
Shu bilan bir qatorda, qilmishidan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan 10 nafar nazoratdagi shaxsning jazolari og‘irroq turdagi, yaʼni ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Hozirda, bu boradagi profilaktik tadbirlar viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati