Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi tomonidan Baliqchi tumanida “Sayyor sud” tashkil etilib, nazorat ostidagi shaxslar ishtirokida, jazodan bo‘yin tovlagan 2 nafar mahkumlarning jazolari ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi
Joriy yilning 1 noyabr kuni Baliqchi tumanida mazkur profilaktik tadbir tashkil etilib, tumandagi hamkor tashkilot rahbarlari taklif etildi. Tadbir davomida 140 nafardan ortiq probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan uchrashilib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot hamda tarbiyaviy profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida “Sayyor sud” tashkil etilib, jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan 2 nafar mahkumlarning jazolari ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi. 2 nafar mahkumlar muddatidan oldin ozod etildi.
Tadbir davomida, ishga marhamat mehnat yarmarkasi tashkil etilib, 5 nafar shaxslarning bandligi taʼminlandi.
Bundan tashqari, Baliqchi tumani IIB JXX Probatsiya guruhi xizmat faoliyati o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatilib, xodimlarning yashash xonadonlariga borib, ularning yashash sharoitlari o‘rganildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati