Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi tomonidan Buloqboshi tumanida ham hamkor tashkilotlar bilan Probatsiya hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar o‘rtasida tarbiyaviy profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
Joriy yilning 18 oktyabr kuni Buloqboshi tumanida mazkur profilaktik tadbir tashkil etilib, tadbirga Andijon shahar ishga marhamat “Monomarkaz” xodimlari, Buloqboshi tumani hamkor tashkilot rahbarlari taklif etildilar. Tadbir davomida 125 nafardan ortiq probatsiya hisobida turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo, ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot hamda tarbiyaviy profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida Buloqboshi tumani IIB JXX probatsiya guruhi xizmat faoliyati ham o‘rganilib, ularga amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Shuningdek, xodimlarning yashash xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoitlari yaqindan o‘rganildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati