31 Oktyabr 2022 yil 335

Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi tomonidan Izboskan tumanida hamkor tashkilotlar bilan nazorat ostidagi shaxslar o‘rtasida tarbiyaviy profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27 oktyabr kuni Izboskan tumanida mazkur profilaktik tadbir tashkil etilib, unga Andijon shahar ishga marhamat “Monomarkaz” masʼul xodimlari hamda Izboskan tumanidagi hamkor tashkilot rahbarlari taklif etildi.

Tadbir davomida 120 nafardan ortiq probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan uchrashilib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo, ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish bo‘yicha tarbiyaviy profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida “Sayyor sud” tashkil etilib, jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan 2 nafar mahkumlarning jazolari ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi. 12 nafar mahkumlar muddatidan oldin ozod etildi.

Bundan tashqari, Izboskan tumani IIB JXX Probatsiya guruhi xizmat faoliyati o‘rganilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Xodimlarning yashash xonadonlariga ham borilib, ularning yashash sharoitlari yaqindan o‘rganildi.

 

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech