29 Oktyabr 2022 yil 360

Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi tomonidan Paxtaobod tumanida hamkor tashkilotlar bilan probatsiya hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar o‘rtasida tarbiyaviy profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

Paxtaobod tumanida mazkur profilaktik tadbir tashkil etilib, tumandagi hamkor tashkilot rahbarlari, Andijon shahrida joylashgan ishga marhamat “Monomarkaz” masʼul xodimlari taklif etildi. Tadbir davomida 150 nafardan ortiq probatsiya hisobida turgan, shaxslar bilan uchrashib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot hamda tarbiyaviy profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida Paxtaobod tumani IIB JXX Probatsiya guruhi xizmat faoliyati o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatilib, xodimlarning yashash xonadonlariga borib, ularning yashash sharoitlari o‘rganildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech