Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi tomonidan viloyat miqyosida “Hamkor” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda
Mazkur tadbirning maqsadi, Probatsiya bo‘linmalari nazoratida turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularni bandligini taʼminlash, eng asosiysi ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olishdan iboratdir.
Mazkur tadbir ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari, jamoatchilik vakillari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi nazoratida turib, tuzalish yo‘liga o‘tgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va mehnatga halol munosabatda bo‘lib, tayinlangan jazodan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarib olgan 70 nafardan ortiq shaxsga insonparvarlik dalolatnomalari tatbiq etilib, o‘tkazilgan “Sayyor sud” jarayonlarida jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindilar. Shu bilan birga jazodan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan 20 nafar nazoratdagi shaxslarning jazolari og‘irroq turdagi, yani ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Hozirda, bu boradagi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati