27 Oktyabr 2022 yil
359
Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi tomonidan Xonobod shahrida nazorat ostidagi shaxslar o‘rtasida tarbiyaviy profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
Xonobod shahrida mazkur profilaktik tadbir tashkil etilib, tadbirga Xonobod shahar hamkor tashkilot rahbarlari taklif etildi. Tadbir davomida 55 nafardan ortiq probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan uchrashilib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot hamda tarbiyaviy profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida Xonobod shahar IIB JXX Probatsiya guruhi xizmat faoliyati o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatilib, xodimlarning yashash xonadonlariga borib, ularning yashash sharoitlari o‘rganildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati