Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi Xo‘jaobod tumanida tarbiyaviy profilaktik uchrashuv o‘tkazdi
Joriy yilning 20 oktyabr kuni Xo‘jaobod tumanida mazkur profilaktik tadbir tashkil etilib, tadbirga Andijon shahar ishga marhamat “monomarkaz” xodimlari, Xo‘jaobod tumani hamkor tashkilot rahbarlari taklif etildilar. Tadbir davomida 115 nafardan ortiq probatsiya hisobida turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo, ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot hamda tarbiyaviy profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida Xo‘jaobod tumani IIB JXX Probatsiya guruhi xizmat faoliyati ham o‘rganilib, ularga amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Shuningdek, xodimlarning yashash xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoitlari yaqindan o‘rganildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati